BIZNES REKLAMA DISKURSIDA SUBSTANDART BIRLIKLARNING PERSUAZIV ROLI: SOF LINGVISTIK TAHLIL
Annotatsiya
Mazkur maqolada biznes reklama diskursida qo'llaniladigan substandart birliklarning lingvistik tabiati, struktur-semantik xususiyatlari hamda persuaziv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Reklama matnlarida uchraydigan slang, jargon, oddiy so'zlashuv unsurlari, kod-aralashuv shakllari, ekspressiv leksemalar va baholovchi birliklarning kommunikativ vazifalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida substandart birliklarning adresat e'tiborini jalb etish, samimiylik muhitini yaratish, zamonaviylik obrazini shakllantirish, mahsulotni ijobiy baholash hamda xaridga undashdagi muhim roli asoslab beriladi. Shuningdek, ularning reklama matnidagi leksik, morfologik va pragmatik xususiyatlari ochib beriladi.
Hali tarjima qilinmagan