Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOTANIKA FANINI O'QITISHNI ZAMONAVIY USULLARI

Abdunazarova Zulayxo SharifqulovnaSHDPI tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisiChoriyeva Hosila Oʻtkir qiziSHDPI biologiya yo'nalishi 1-kurs talabasi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada botanika fanini o'qitishda qo'llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va interfaol ta'lim usullarining nazariy hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Hozirgi globallashuv va axborot texnologiyalari rivojlangan davrda biologik ta'limni modernizatsiya qilish, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamda ekologik madaniyatini rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligi asoslab berilgan. Maqolada botanika fanini o'qitishda multimedia vositalari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar, STEAM texnologiyasi, loyiha asosida ta'lim, muammoli o'qitish hamda interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo'naltirish, biologik jarayonlarni chuqur anglashga erishish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lashda zamonaviy metodlarning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Botanika darslarida innovatsion yondashuvlardan foydalanish o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish, ekologik tafakkurini shakllantirish hamda biologik bilimlarni samarali o'zlashtirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan. Bundan tashqari, dala amaliyotlari, laboratoriya mashg'ulotlari va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayonining o'quvchilarda ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirishdagi o'rni yoritilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba