O'ZBEKISTONDA SPORT MARKETINGI VA BRENDINGNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Maqolada globallashuv sharoitida sport marketingi va brending tizimining iqtisodiy samaradorligi O'zbekiston tajribasi misolida tadqiq etilgan. Tadqiqotda iqtisodiy va qiyosiy tahlil, case-study usullaridan foydalanilgan holda, "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" futbol klublari, "Chekhov Sport Club" xususiy sektori hamda milliy kurash sportining xalqaro brendga aylanish jarayonlari o'rganilgan. Shuningdek, "Tashkent Marathon" va "Samarkand Marathon" kabi ommaviy tadbirlarning sport turizmi va shahar brendingiga (city branding) ta'siri hamda raqamli platformalarning (SMM) imkoniyatlari baholangan. Natijalar sport industriyasining xizmat ko'rsatish, turizm va media sohalariga ijobiy ta'sirini ko'rsatish bilan birga, sohada kadrlar yetishmovchiligi va investitsiya sustligi kabi muammolarni ham ochib beradi. Xulosada sport iqtisodiyotini rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
Hali tarjima qilinmagan