Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ABDURAHMON JOMIY TASAVVUFIY QARASHLARINING NAZARIY VA G'OYAVIY ASOSLARI

Elbek Isamitdinov2nd year master's student Specialization in Sufi Hermeneutics Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: [email protected]Irodа IkrаmovаDoctor of Philosophy (PhD) in Philosophical Sciences Associate Professor of the Department of Oriental Philosophy and Hermeneutics Tashkent State University of Oriental Studies
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada, Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy qarashlarining nazariy va g‘oyaviy asoslari tahlil qilingan. Uning ma'naviy-irfoniy merosi, ayniqsa Naqshbandiya tariqati bilan bog‘liq faoliyati, tasavvufiy tafakkurining shakllanish bosqichlari va ilmiy manbalari o‘rganilgan. Shuningdek, Jomiyning Ibn al-Arabiyning “vahdat ul-vujud” ta'limotiga munosabati, uning mazkur g‘oyani sharhlash va tizimlashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda Jomiyning tasavvufiy ta'limotiga ta'sir ko‘rsatgan asosiy manbalar, jumladan islom falsafasi, kalom ilmi, tasavvuf an'analari hamda Ibn al-Arabiy tomonidan asoslangan “vahdat ul-vujud” nazariyasi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Jomiy mazkur ta'limotni faqatgina takrorlab qolmasdan, balki uni kalomiy va aqliy dalillar bilan boyitib, yangi mazmun-mohiyat bilan takomillashtirgani ko‘rsatib o‘tilgan. Jomiy asarlaridagi borliq, ma'rifat va inson kamoloti haqidagi qarashlar tahlil qilinib, ularning islom falsafasi hamda tasavvuf ta'limotidagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Xulosa sifatida, Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy merosi Sharq ma'naviy tafakkuri rivojida muhim o‘rin tutishi asoslangan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba