Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MULTIMODAL LEARNING ANALYTICS ASOSIDA TALABALARNING WEB-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI DIAGNOSTIKA QILISH VA BAHOLASH MODELI

Oybek Achilovich KayumovOʻzMU Jizzax filialiFotimaxon TemirxonovaOʻzMU Jizzax filiali talabasi
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda adaptiv raqamli ta’lim platformalarida talabalarning web-loyihalash kompetentligini diagnostika qilish va baholashda Multimodal Learning Analytics yondashuvidan foydalanishning ilmiy-metodik imkoniyatlari yoritiladi. Web-loyihalash kompetentligi talabaning web-texnologiyalar bo‘yicha nazariy bilimlari, amaliy kod yozish ko‘nikmalari, UX/UI dizayn tamoyillarini qo‘llash qobiliyati, kreativ loyiha ishlab chiqish malakasi, jamoaviy hamkorlik va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini o‘zida birlashtiruvchi murakkab integrativ kompetentlik sifatida qaraladi. Shuning uchun uni baholashda faqat yakuniy mahsulotga emas, balki talabaning o‘quv jarayonidagi real faoliyati, platformadagi xatti-harakatlari, kod yozish jarayoni, xatolarni tuzatish dinamikasi, muloqot va o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlariga ham tayanish zarur. Tezisda Multimodal Learning Analytics asosida web-loyihalash kompetentligini baholashning komponentli, indikatorli va darajali modeli taklif etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba