Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TRANSFORMATORLARDA QIZIB KETISH VA YUKLANISH JARAYONLARINI ONLAYN MONITORING QILISH

Ismanov Muhammadziyo Abdusamat o'g'li1Namangan davlat texnika unversiteti, dotsentiXakimov Jaxongir Shuxratjon o'g'liNamangan davlat texnika unversiteti,magistranti
ABI

Annotatsiya

Maqolada kuch transformatorlarining ish jarayonida sodir bo'ladigan qizib ketish va yuklanish hodisalarini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishning zamonaviy usullari ko'rib chiqilgan. Transformator izolyatsiyasining xizmat muddatini belgilovchi asosiy omillar — yog' harorati, chulg'amlarning qaynoq nuqta harorati (HotSpot), yuklanish koeffitsienti va tashqi muhit harorati o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilingan. Datchiklar, mikrokontrollerlar (ESP32, STM32), simli va simsiz aloqa kanallari, SCADA tizimlari hamda bulutli xizmatlardan foydalangan holda kompleks onlayn monitoring tizimi taklif etilgan. IEC 60076-7 standartiga muvofiq matematik modellar keltirilgan va laboratoriya tajribasi natijalari bilan tasdiqlangan. Tajribada 10 kVA quvvatli sinov transformatori turli yuklanish bosqichlarida (50%, 75%, 100%, 120%) sinovdan o'tkazilib, harorat dinamikasi o'lchangan. Olingan natijalar matematik modelga mos kelishi tasdiqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba