Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TARIXIY ROMANLARDA OBRAZLARNING IFODALANISH XUSUSIYATI ("QUTLUG' QON" ROMANI MISOLIDA)

Xo'jamqulova O'g'ilxon Umidjon qiziChirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti mutaxasisligi magistranti
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning "Qutlug' qon" romani misolida tarixiy romanlarda obrazlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Asarda Yo'lchi, Gulnor, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha, Shoqosim kabi obrazlarning tipologik, psixologik va ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, psixologizm, konflikt, portret, ichki monolog, stilistik individualizatsiya hamda tarixiy realizmning obraz yaratishdagi o'rni ochib berilgan. Romandagi sinfiy tabaqalanish, boy va kambag'al qatlam o'rtasidagi ziddiyatlar, jadidchilik harakati, feodal munosabatlar va inson qadr-qimmati masalalari obrazlar vositasida ifodalanganligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida Oybekning so'z qo'llash mahorati, obrazlar dinamikasi va tarixiy haqiqatni badiiy ifodalash usullari tahlil etilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba