O'ZBEK TILIDA SHEVA VA ADABIY TIL MUNOSABATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o'zbek tilidagi shevalar va adabiy til o'rtasidagi munosabat ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o'zbek shevalarining lingvistik, ijtimoiy va madaniy ahamiyati hamda ularning adabiy til rivojiga ta'siri yoritilgan. Sheva va adabiy til o'rtasidagi fonetik, leksik, grammatik hamda uslubiy farqlar alohida ko'rib chiqilgan. Shuningdek, shevalarning milliy qadriyatlarni saqlash, lug'at boyligini oshirish va hududiy madaniyatni aks ettirishdagi o'rni muhokama qilingan. Maqolada til me'yorlari, nutq madaniyati va globallashuv jarayonining shevalarga ta'siri ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari sheva va adabiy til yagona til tizimining o'zaro bog'liq qismlari ekanligini hamda ular o'zbek tilining tarixiy va madaniy taraqqiyotiga xizmat qilishini ko'rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan