Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TO‘RA SULAYMON SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTI

SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon she’riyatining lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi shoir asarlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning milliy-madaniy semantikasini ochib berishdan iborat. Maqolada To‘ra Sulaymon ijodiga xos bo‘lgan xalqona iboralar, etnografizmlar, maqol va matallar hamda qadimiy turkiy qatlamga mansub so‘zlarning matndagi ma’nolari tahlil qilingan. Muallif shoir tilini milliy dunyo manzarasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganar ekan, undagi obrazlar tizimining o‘zbek mentaliteti bilan bog‘liqligini dalillaydi. To‘ra Sulaymon she’riyatining nafaqat badiiy, balki o‘zbek madaniyatshunosligi va lingvistikasi uchun ham muhim manba ekanligini ko‘rsatadi. Maqola filologiya yo‘nalishidagi mutaxassislar, lingvokulturologiya bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va o‘zbek she’riyati ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba