Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Holikulova Feruza XasanovnaNavoiy davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi v.b. professori, pedagogika fanlari doktori (DSc)
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Og‘zaki nutq o‘quvchining fikrlash, idrok etish, muloqotga kirishish, o‘z munosabatini ifodalash va ijtimoiy tajriba orttirish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab nutqiy faoliyat sifatida talqin qilinadi. Maqolada interfaol metodlarning an’anaviy o‘qitish usullaridan farqi, o‘quvchilar nutqiy faolligini oshirishdagi o‘rni, dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga ta’siri hamda o‘quv jarayonida erkin muloqot muhitini yaratishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda suhbat, munozara, “aqliy hujum”, rolli o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, klaster, insert, keys-stadi va vaziyatli topshiriqlar kabi interfaol metodlarning boshlang‘ich ta’lim sharoitida og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Natijalar interfaol metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, fikrni izchil bayon qilish, savol berish, javobni asoslash va suhbatdosh fikriga munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim pedagogik vosita ekanini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba