Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

VINTAJ KIYIMLARNING EKOLOGIK VA IQTISODIY AHAMIYATI: YOSHLAR ORASIDA SLOW FASHION RIVOJI

Mustafayeva Mashhura Bobir qiziQarshiDU San’atshunoslik fakulteti Dizayn:libos va gazlamalar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Email: [email protected] ORCID: https://orcid.org/0009-0004-2817-3293
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada vintaj kiyimlarning ekologik barqarorlik va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda zamonaviy yoshlar orasida “fast fashion” (tezkor moda) modelidan voz kechish va “slow fashion” (sekin moda) falsafasiga o‘tish tendensiyalari ijtimoiy-madaniy va ekologik omillar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tezkor moda sanoatining ortiqcha ishlab chiqarish, resurslarning haddan tashqari sarflanishi va tekstil chiqindilarining ko‘payishiga olib kelishi asoslab beriladi. Maqolada vintaj iste’molining qayta foydalanish, resurslarni tejash va uglerod izini kamaytirishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, vintaj kiyimlar bozorining iqtisodiy jihatdan maqbulligi, individual uslubni shakllantirishdagi roli hamda ongli iste’mol madaniyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vintaj kiyimlarga bo‘lgan qiziqish nafaqat moda tendensiyasi, balki ekologik mas’uliyat va barqaror iqtisodiy xulq-atvorning ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba