Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI IJTIMOIY TARMOQ YOZISHMALARINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Amirova MaxbubaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 2 - kurs magistranti E-mail: [email protected]Abdinazarov O‘ktamTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Magistratura bo‘limi dekani, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD E-mail: [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ingliz va o‘zbek tillarida kechadigan yozishmalar (kommentariylar va shaxsiy xabarlar) pragmalingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — platforma affordanslari (mention, hashtag, reaksiya, “story” javoblari) hamda klassik pragmatika birliklari (nutq aktlari, implikatura, yuz/face-work, muloyimlik strategiyalari) kesishmasida shakllanadigan kommunikativ strategiyalarni aniqlash va ikki til kesimida qiyoslashdir. Metodologiya sifatida diskursiv-pragmatik tahlil, mavzuli kodlash va funksional-semantik tasnif qo‘llanadi; empirik material sifatida ochiq (publik) postlar ostidagi izohlar hamda rozilik asosida anonimlashtirilgan shaxsiy yozishmalar fragmentlari ko‘rib chiqiladi. Natijalar Instagram yozishmalarida pragmatik maqsadlar ko‘pincha qisqa matn, emoji, grafik belgilar, qisqartmalar va platformaga xos markerlar bilan birgalikda ifodalanishini ko‘rsatadi. O‘zbek yozishmalarida adresativ birliklar, “siz/sen” oppozitsiyasi va hurmat-odobni yumshatuvchi vositalar, ingliz yozishmalarida esa modal fe’llar, hedjlar va bevosita/bilvosita so‘rovlar orqali yuzni muhofaza qilish strategiyalari nisbatan faolroq namoyon bo‘ladi. Xulosada “platforma-pragmatika” yondashuvi taklif etilib, til o‘qitish va tarjima amaliyoti uchun metodik tavsiyalar beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba