Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HIKMATLARNING DINIY-MA’RIFIY ASOSLARI

Abdinazarov Mansur Abdurahmon o'g'liAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi Toshkent amaliy fanlar universiteti, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ahmad Yassaviy ijodi asosida hikmatnavislik an’anasining shakllanishi va uning XII–XIX asrlarda davom etgan taraqqiyoti ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif Devoni hikmat asarining turkiy tasavvuf adabiyotidagi o‘rni, uning g‘oyaviy manbalari hamda badiiy-estetik xususiyatlarini yoritadi. Tadqiqotda hikmat janrining shakllanishida Qur’oni karim va Hadis ta’limotlarining ta’siri, shuningdek, qadimgi turkiy og‘zaki ijod an’analari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada tasavvuf ta’limotining Turkiston hududida rivojlanish jarayoni, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy kabi mutasavviflar faoliyati hamda hikmatlarning xalq orasida tarqalishida ijroiylik va sinkretizm xususiyatlari muhim omil bo‘lgani asoslab beriladi. Shuningdek, hikmat janrining barmoq vazni, to‘rtlik shakli va xalqona ifoda uslubi orqali turkiy xalqlarning ma’naviy-ma’rifiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba