Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

“BOBURNOMA”DA INSONLAR ORASIDA HAYOT KECHIRUVCHI ORNITONIMLAR ETIMOLOGIYASI

Kenjayeva Dildora EshmamatovnaToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, o‘qituvchi. [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Kishilik jamiyatida qushlar qadim-qadimdan insonlarning tarixi, madaniyati hamda turmush tarzida o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Turkiy xalqlarda ba’zi qushlar totem darajasiga ham ko‘tarilgan. Yoqut, oltoy, turkman, o‘zbek xalqlarida burgut ilohiy qudratga ega deb hisoblangan [9, 90]. Ornitonimlar ov qilish uchun yoki birga ov qilishga xoslangan, shuningdek, insonlarga ular go‘sht va patlaridan foydalanish maqsadida kerak bo‘lgan. Qushlar har bir xalqning madaniyati, adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ularning turlariga qarab foydalanish xususiyatlari o‘zgarib boradi. Ornitonimlar o‘zi yashayotgan muhitning iqlim sharoitiga moslashgan holda kun kechiradi. Ularning oziqlanishi, yashashi, ko‘payishi tabiiy sharoitlarga xoslangan bo‘ladi. Maqolada “Boburnoma”dagi qush nomlarning o‘z qatlamga mansub, faqat insonlar bilan hayot kechiradigan ba’zi turlari haqida etimologik tahlil berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba