Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

IQTISODIYOT YO‘NALISHIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA CLIL TEXNOLOGIYASINING SAMARALI MODELI

Tanatarova NorgulChirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich magistrantiMuxitdinova Munira Ravshanovna
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini o‘qitishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasiga asoslangan samarali pedagogik modelni ishlab chiqish va uning natijadorligini aniqlashga qaratilgan. Zamonaviy globallashuv sharoitida iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun xorijiy tilni, xususan ingliz tilini kasbiy kontekstda qo‘llay olish muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Shu sababli til va kasbiy bilimlarni integratsiya qiluvchi innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik tajriba, kuzatuv, test sinovlari hamda statistik tahlil metodlari qo‘llaniladi. Eksperimental ishlar davomida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalaridan iborateksperimental va nazorat guruhlari shakllantiriladi. Eksperimental guruhda CLIL texnologiyasiga asoslangan o‘qitish modeli qo‘llanilib, unda iqtisodiy fanlar mazmuni ingliz tili orqali o‘rgatiladi. Modelning asosiy komponentlari sifatida kontent (fan mazmuni), kommunikatsiya (til orqali muloqot), kognitsiya (fikrlash jarayonlari) va madaniyat (xalqaro kontekst) integratsiyasi ta’minlanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba