Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

4K YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM ELEMENTLARINING O‘RNI

Eshboyeva Surayyo Qaxramon qiziTermiz iqtisod va servis universiteti, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD)
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 4K (kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik, tanqidiy fikrlash) yondashuvi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) elementlarining o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda STEAMga xos integrativ topshiriqlar (muammo yechish, tajriba, konstruksiya, modellashtirish, dizayn va refleksiya) orqali o‘quvchilarning dalillash, taqqoslash, xulosa chiqarish, sabab–oqibatni aniqlash, “nima uchun?” va “qanday?” savollariga mantiqiy javob berish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Metodik jihatdan dars jarayonida loyiha va mini-tadqiqotlar, guruhli ish, muammoli vaziyat, rubrikalar asosida baholash hamda formatif feedbackdan foydalanish tavsiya etiladi. Kutilayotgan natija sifatida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘rsatkichlari (dalil sifati, yechimning mantiqiyligi, refleksiya darajasi) oshishi va fanlararo bog‘liqlik asosida o‘qishga qiziqish kuchayishi asoslab beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba