TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISHDA FREYM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING KOGNITIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Sarsenova Gulnur SarsenovnaAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti doktoranti Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada tasviriy san’at fanini o‘qitishda freym texnologiyasidan foydalanish orqali o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Freym-jadval, freym-sxema va freym-model asosida san’at asarlarini idrok etish, kompozitsion tuzilmani anglash, ranglar uyg‘unligini tahlil qilish hamda estetik baholash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda freym texnologiyasi o‘quvchilarning idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tahliliy fikrlash, umumlashtirish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi samarali didaktik vosita sifatida asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba