Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA IJTIMOIY TARMOQ LEKSIKASI SHAKLLANISHINING GRAMMATIK STRUKTURASI

Eshqorayev Esan AburaxmatovichToshkent amaliy fanlar universiteti, “Tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy tarmoqlar muhitida shakllanayotgan leksik birliklarning grammatik strukturasi qiyosiy-lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori raqamli kommunikatsiya sharoitida yuzaga kelayotgan yangi so‘zlar, qisqartmalar, affiksatsiya jarayonlari, sintaktik soddalashuv va morfologik transformatsiyalarning til tizimiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Ijtimoiy tarmoqlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy adabiy me’yorlardan chekinib, tezkorlik, ixchamlik va ekspressivlik tamoyillariga asoslanadi. Maqolada ingliz tilida analitik tuzilmalarning ustunligi va o‘zbek tilida esa agglutinativ xususiyatlar asosida yuzaga kelayotgan yangi grammatik modellar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoq leksikasi har ikki tilda ham grammatik tizimning moslashuvchanligini namoyon etadi, biroq bu jarayonlar milliy til tuzilmasiga xos bo‘lgan ichki qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Maqola zamonaviy lingvistika, sotsiolingvistika va internet-lingvistika yo‘nalishlari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba