Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

JISMONIY FAOLLIK ORQALI TALABA QIZLARDA ORTIQCHA VAZNNI KAMAYTIRISH METODIKASI VA PEDAGOGIK TAMOYILLARI

Jumanova Iroda Shokirjon qiziSamarqand davlat tibbiyot universiteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi Orcid: 0009-0009-2748-3472 e-mail: [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba qizlar o‘rtasida ortiqcha vazn muammosini jismoniy faollik orqali bartaraf etishning metodik asoslari va pedagogik tamoyillari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida gipodinamiya oqibatida yuzaga keladigan tana massasi indeksining ortishi va uning salomatlikka ta’siri tahlil qilingan. Innovatsion pedagogik yondashuvlar, jumladan, yuklamalarni individuallashtirish, raqamli monitoring va motivatsion strategiyalar orqali talaba qizlarning jismoniy holatini yaxshilash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Eksperimental natijalar taklif etilayotgan metodikaning nafaqat vazn yo‘qotish, balki funksional ko‘rsatkichlarni tiklashdagi samaradorligini isbotlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba