Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINING TIL ASPEKTLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Elmirzayeva Muslima MirsalimovnaNizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tayanch doktoranti [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining til aspektlarini (fonetika, leksika, grammatika va stilistika) rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda til o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya, psixolingvistika va lingvodidaktikaning o‘zaro integratsiyasi asosiy omil sifatida asoslab beriladi. Xususan, motivatsiya, emotsional muvozanat, semantik maydon, paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlar, nutq va til malakalari o‘rtasidagi munosabatlar kabi psixologik omillar til aspektlarini shakllantirishda muhim mexanizm sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik qonuniyatlari, nutqiy va til malakalari o‘rtasidagi farqlar, avtomatlashtirish jarayoni hamda retseptiv va produktiv kompetensiyalar masalalari yoritilgan. Zamonaviy metodologik tendensiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalarining til ta’limiga integratsiyasi ham ilmiy asosda tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak chet til o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida psixologik va lingvodidaktik omillarni uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba