Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TALABALARNING MUSTAQIL IJODIY ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AI-TUTORLIK TIZIMIDAN FOYDALANISH

Djurayeva Shaxlo Qaxramon qiziNizomiy Nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti tayanch doktoranti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etishda sun’iy intellektga asoslangan AI-tutorlik tizimlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda an’anaviy o‘qitish usullaridan farqli o‘laroq, sun’iy intellektning talaba uchun shaxsiylashtirilgan ta’lim traektoriyasini yaratish, real vaqt rejimida qayta aloqa o‘rnatish va kreativ fikrlashni rag‘batlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarning mustaqil izlanish jarayonida duch keladigan muammolarini bartaraf etishda aqlli assistentlarning didaktik funksiyalari va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning samarali mexanizmlari taklif etilgan. Maqola yakunida AI-tutorlik tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqillik darajasini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba