Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAXSUS PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK MAZMUNI

Sarimsoqova Maftuna Obidjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti 2 bosqich magistranti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini kasbiy yo‘naltirishning pedagogik mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy yo‘naltirish talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatga ongli tayyorlanishi, kasbiy motivatsiyasi va ixtisoslikka nisbatan barqaror qiziqishini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada maxsus pedagogning kasbiy kompetensiyalari, jumladan, inklyuziv ta’limni tashkil etish, individual yondashuvni amalga oshirish, diagnostik va korreksion faoliyatni olib borish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, talabalarni kasbiy yo‘naltirishda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va amaliyotga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari samarali tashkil etilgan pedagogik sharoitlar talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba