OLIY TA'LIMDA BILIM NAZARIYASI VA TEXNOLOGIK DETERMINIZM MUAMMOSI
Dildora RahimovaNamangan davlat pedagogika instituti
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’limda bilim nazariyasi (epistemologiya) va texnologik determinizm o‘rtasidagi murakkab munosabat tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga kirib kelishi bilimning mohiyati, manbai va uzatilish usullari haqidagi an’anaviy epistemologik tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Maqolada texnologik determinizm — texnologiyaning jamiyat va ta’limni belgilab berishi haqidagi nazariya — tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi hamda uning muqobil konsepsiyalari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan empirik tadqiqot natijalari asosida texnologik determinizmning ta’lim sifatiga ijobiy va salbiy ta’siri aniqlangan.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba