Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PLASTINKANING ELASTIK HOLATINI KANTOROVICH-VLASOV VA DIFFERENSIAL HAYDASH USULLARI YORDAMIDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH

M.OlimovProfessor (Namangan davlat texnika universiteti)E.T.IsmoilovMagistr (Namangan davlat texnika universiteti)
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot yupqa plastinkalarning egilish va deformatsiya holatini baholash uchun Kirchhoff-Love nazariyasiga asoslangan yangi avtomatlashtirilgan hisoblash algoritmini taqdim etadi. Ikki o'lchovli xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdagi hisoblash murakkabliklarini bartaraf etish maqsadida Kantorovich-Vlasov variatsion usuli qo'llanilib, masala bir o'lchovli to'rtinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar sistemasiga keltirildi. Olingan chegaraviy masala differensial haydash (progonka) usuli orqali boshlang'ich shartli Koshi masalasiga transformatsiya qilindi va to'rtinchi tartibli Runge-Kutta usulida sonli integrallandi. Ishlab chiqilgan algoritm Python dasturlash muhitida to'liq avtomatlashtirildi. Sonli natijalarning analitik yechimlar bilan qiyosiy tahlili shuni ko'rsatdiki, lokal xatolik kompensatsiyasi hisobiga markaziy nuqtalardagi maksimal tafovut 0.51% dan oshmaydi. Bu esa taklif etilayotgan yondashuvning yuqori variatsion barqarorligini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba