Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Mustaqillik davri o'zbek she'riyatida arbainchilik: tahlil va ta'limiy yondashuvlar

Olimova Barchinoy Orifjon qiziAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, talaba
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mustaqillik davri o'zbek she'riyatida arbainchilik an'anasining tiklanishi, uning janriy-poetik xususiyatlari hamda ta'lim jarayonidagi metodik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda Sirojiddin Sayyid, G'ayrat Majid va Mansur Jumayev ijodi asosida hadis poetikasining zamonaviy ko'rinishlari, tarjima-sharhdan badiiy talqinga o'tish jarayoni, xalqona ohang, barmoq vazni, to'rtlik va kengaygan shakllarning poetik vazifasi tahlil qilinadi. Shuningdek, arbain va hadis poetikasini maktab ta'limida o'qitishning metodik ahamiyati, nasriy va nazmiy talqinlarni qiyosiy o'qitish, o'quvchi tafakkuri va ma'naviy idrokini rivojlantirishdagi o'rni ko'rsatib beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba