Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

MARKAZIY OSIYODA NEOLIT DAVRI DAFN UDUMLARINING QIYOSIY TAHLILI (TUTKAUL, TUMEK-KICHIJIK VA ZARDOLISOY-001 QABRLARI MATERIALLARI ASOSIDA)

O ErgashevSh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiZH XinyingUmurtqali paleontologiya va paleoantropologiya instituti, Xitoy Fanlar akademiyasiN RashidovY. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiL OʻngalovItisodiyot va Pedagogika universiteti NTM Samarqand kompusi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi neolit davriga mansub uchta yodgorlik — Tutkaul (Hisor madaniyati), Tumek-Kichijik (Kaltaminor madaniyati) hamda Zardolisoy-001 (Nurota togʻ tizmasi) qabrlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi koʻmish marosimlarining hududiy xususiyatlarini bir xil indikatorlar tizimi asosida aniqlashdan iborat.Tahlil jarayonida qabr arxitekturasi, marhumning qabrga qoʻyilishidagi tana holati, marhumlarning boshi va tanasining orientasiyasi, oxra va qabrda marhum bilan qoʻshib koʻmilgan buyumlarning mavjudligi kabi belgilar mezon sifatida qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, Tumek-Kichijik qabrlari tor-choʻzilgan chuqurlar, supin (chalqancha-choʻzilgan) holat, sharqiy orientasiya va boy inventar (oxra, boncuk, chigʻanoq va boshqa bezaklar) bilan tavsiflanib, marosimning «ashyoviy ifodalangan» modelini namoyon etadi.Tutkaul va Zardolisoy-001 dafnlarida esa marhumlarning qabrga gʻujanak/yonbosh holatda qoʻyilishi, nisbatan sodda qabr konstruksiyasi va inventarning minimal yoki umuman yoʻqligi qayd etiladi. Bu holat dafn marosimining asosan oʻxshash takrorlanuvchi belgisi tana kompozisiyasi va yoʻnalishi orqali ifodalangan «pozision modeli» mavjudligini koʻrsatadi.Qiyosiy natijalar Markaziy Osiyo neolitida koʻmish amaliyoti yagona sxema asosida shakllanmaganini, balki ekologik-madaniy hududlarga qarab farqlangan kamida ikki marosimiy yoʻnalish belgisi mavjud boʻlganini koʻrsatadi. Zardolisoy-001 qabri ushbu tizimda sodda, qabr buyumlarisiz va gʻujanak holatdagi koʻmish modeli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada