NUTQ SIGNALIDAN SHOVQIN VA XALAQITLARDAN TOZALASH MUAMMOLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada nutq signallaridan shovqin va boshqa buzuvchi tovushlarni ajratib olish muammolari, ularning turlari hamda zamonaviy tozalash usullari tahlil qilingan. Audio signallarda uchraydigan statsionar va nostatsionar shovqinlar, aks-sado (reverb), impulsli shovqinlar, fon shovqini hamda elektr interferensiyasining xususiyatlari va ularni kamaytirish algoritmlari o'rganilgan. Shuningdek, klassik signal qayta ishlash usullari (Wiener filtri, spectral subtraction, notch filtr) va zamonaviy sun'iy intellektga asoslangan modellar (DeepFilterNet2, RNNoise, neyron tarmoqlar)ning samaradorligi taqqoslangan. Tadqiqotda real vaqt tizimlari uchun mos algoritmlarni tanlash muammolari, shovqin va nutq spektrlarining ustma-ust tushishi hamda artefaktlar yuzaga kelish sabablari ham ko'rib chiqilgan. Natijalar audio signallarni tozalashda gibrid va adaptiv yondashuvlar yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko'rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan