BO'LАJАK BOSHLАNG'ICH SINF O'QITUVCHILАRIDА KREАTIV FАOLIYАTNI TАKOMILLАSHTIRISH METODIKАSI
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ kompetentlikni takomillashtirish muammosiga doir milliy va xorijiy tajribalarning tizimlashtirilganligi, ularda mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish, hozirgi holati, pedagogik shart-sharoitlari, zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlardan foydalanish orqali boshlang'ich sinf o'qituvchilarning o'zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni yangi vaziyatlarda qo'llash orqali o'quv materialini ongli o'zlashtirishga erishishga qaratilgan. Shuningdek, maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda zamonaviy ta'lim shakllari va ularning dunyo ta'lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritilib zamonaviy ta'lim shakllaridan hisoblangan STEAM yondashuvi asosida ta'lim tizimini rivojlantirish imkoniyatlari va bugungi kundagi yutuqlari haqida keng molohaza yuritilgan. Boshlang'ich ta'lim tizimida STEAM dasturidan foydalanish afzaliklari, tarmoqlari o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish asosida integratsiyalash, texnik va tabiiy fanlar ta'limini rivojlantirish orqali boshlang'ich ta'lim o'qituvchilar imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat..
Hali tarjima qilinmagan