Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SHAHAR CHORRAHALARINI ADAPTIV BOSHQARISHDA TRANSPORT OQIMINI MUVOZANATLI TAQSIMLASHNING NEYRO-NORAVSHAN MODELI

Rustem Moyatdin o'g'li JalelovIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, mustaqil tadqiqotchiAygul Abatbayevna SeytnazarovaNukus davlat texnika universiteti, assistent
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada shahar chorrahalarini adaptiv boshqarish uchun Sugeno tipidagi ANFIS asosida neyro-noravshan model taklif etilgan. Model markaziy chorraha bilan birga unga tutash to'rtta qo'shni chorrahaning holatini 20 o'lchovli kirish vektori orqali hisobga oladi. ANFIS modeli kirish ma'lumotlari asosida svetoforning yashil signal davomiyligini avtomatik ravishda hisoblaydi va moslashtiradi. Simulyatsion tajribalar natijalari taklif etilgan modelning samaradorligini tasdiqladi. Bunda o'zgarmas vaqt bilan ishlaydigan holat bilan solishtirganda, ANFIS asosidagi tizim chorrahalardagi navbat uzunligini va haydovchilarning kutish vaqtini qisqartirishga erishdi. Bundan tashqari, model tirbandliklarning kaskadli tarqalishini, ya'ni bir chorrahadagi to'silib qolish holatining qo'shni chorrahalarga o'tib ketishini samarali cheklashga qodir ekanligi isbotlandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba