FRAKTAL ROBOTOTEXNIK TIZIMLARNING ISHLASH MEXANIZMLARI VA QO'LLANILISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada fraktal robotlar texnologiyasining nazariy asoslari, tuzilishi va amaliy qo'llanilish imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Fraktal tushunchasi o'z-o'ziga o'xshashlik tamoyiliga asoslangan bo'lib, ushbu xususiyat fraktal robotlarning modulli kubiklardan tashkil topgan tuzilishida namoyon bo'ladi. Har bir kub ichida mikroprotsessor, xotira va harakat mexanizmlari mavjud bo'lib, ular kompyuter orqali boshqariladi va umumiy tizimni shakllantiradi. Maqolada fraktal robotlarning ishlash prinsipi, harakat mexanizmlari hamda boshqaruv jarayonlari ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, fraktal operatsion tizim va fraktal shina orqali ma'lumot almashinuvi, tizim integratsiyasi va boshqaruv samaradorligi yoritilgan. Umuman olganda, fraktal robotlar kelajakning istiqbolli va innovatsion texnologiyasi sifatida e'tirof etilgan.