TERMIZ SHAHRI URBANOFLORASIDAGI MANZARALI GULLARNING SISTEMATIK VA GEOGRAFIK TAHLILI (2024–2025 YILLAR MONITORINGI ASOSIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Termiz shahrining asosiy ko‘chalari, xiyobonlari va yangi qurilgan binolar atrofida ko‘kalamzorlashtirishjarayonida qo‘llanilayotgan dekorativ gul turlarining ro‘yxati tuzilgan, ularning taksonomik tarkibi va tabiiy areal bo‘yichageografik tahlili berilgan (2024–2025 yillar kuzatuvlari natijalari). Aniqlangan turlar 17 oila, 28 turkumga mansub 34 ta tur vanavdan iborat bo‘lib, ulardan 44,0 foizi Murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy areallarga ko‘ra: tropikzonaga 44,1 foiz (15 ta), subtropik zonaga 26,5 foiz (9 ta), mo‘tadil zonaga 29,4 foiz (10 ta) mansub. Termiz shahri shaharflorasini yanada boyitish uchun Markaziy Amerika, Janubiy Afrika hamda O‘rtayer dengizi floralariga xos turlarni kengroqintroduksiya qilish zarurligi ta’kidlanadi.
Hali tarjima qilinmagan