MADANIY MEROSNI ASRASH VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada madaniy merosni asrash va boshqarishda zamonaviy ilmiy va amaliy yondashuvlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy merosni boshqarishning an’anaviy konservatsiya modelidan zamonaviy integratsiyalashgan, adaptiv va raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimga o‘tish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, “tirik meros” konsepsiyasi, jamoatchilik ishtirokiga asoslangan boshqaruv, risk-menejment, smart city infratuzilmasiga integratsiya hamda raqamli hujjatlashtirish (3D modellashtirish, GIS, VR/AR texnologiyalari) kabizamonaviy yondashuvlarning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada madaniy merosni faqat tarixiy obyekt sifatida emas, balki ijtimoiy xotira, iqtisodiy resurs va identitet shakllantiruvchi strategik tizim sifatida ko‘rish zarurligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari madaniy merosni barqaror saqlash, samarali boshqarish va kelajak avlodlarga yetkazishda innovatsion boshqaruv modellari va multidisiplinar yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi.