O'ZBEKISTONNING TRANSPORT KORRIDORLARI
Annotatsiya
Maqolada O'zbekiston Respublikasining xalqaro va mintaqaviy transport korridorlaridagi o'rni, tranzit salohiyati hamda transport-logistika infratuzilmasining rivojlanish tendensiyalari ilmiy-tahliliy yondashuv asosida o'rganilgan. Tadqiqotda mamlakat hududidan o'tuvchi asosiy avtomobil, temir yo'l va multimodal transport yo'nalishlarining iqtisodiy samaradorligi, tashqi savdo hajmlarini oshirishdagi ahamiyati hamda mintaqalararo integratsiyani kuchaytirishdagi strategik roli tahlil qilingan. Shuningdek, transport korridorlarini diversifikatsiya qilish, yangi xalqaro yo'nalishlarni shakllantirish va logistika xarajatlarini qisqartirish orqali O'zbekistonning Yevropa va Osiyo o'rtasidagi muhim transport-hub sifatidagi mavqeini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari transport tarmog'ini modernizatsiya qilish, tranzit yuk oqimlarini ko'paytirish va mamlakatning geoiqtisodiy raqobatbardoshligini oshirishda transport korridorlarining ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan