RAQAMLI TA'LIM PLATFORMALARI ASOSIDA MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIMNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur tezisda raqamli ta’lim platformalari asosida malaka oshirish kurslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish va amalga oshirish mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, tinglovchilarning individual ehtiyojlari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish orqali malaka oshirish kurslarining samaradorligini oshirish yo‘llari aniqlangan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim platformalaridan maqsadli foydalanish tinglovchilarning o‘quv faolligi va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.