BO'LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
Annotatsiya
BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi Qo‘qon universiteti, Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Orcid: https://orcid.org/0009-00017868-7602 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18198341 Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kreativ pedagogik tafakkur, pedagogik model, innovatsion yondashuv, kreativ kompetensiya, pedagogik faoliyat, maktabgacha ta’lim