GLOBALLASHUV SHAROITIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MA'NAVIYATINI MUSTAHKAMLASHNING PEDAGOGIK STRATEGIYALARI
ABI
Annotatsiya
Bugungi kunda globallashuv jarayonlari butun insoniyat hayotining barcha jabhalariga, jumladan, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini tobora kuchaytirib bormoqda. Jahonda iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va axborot texnologiyalarining rivojlanib borishi natijasida milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarning ahamiyati, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni doimiy yangilanayotgan talablar va xavf-xatarlar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning, xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularning mustahkam ma’naviyat egasi bo‘lib voyaga yetishida pedagogik strategiyalarni belgilash nihoyatda dolzarb masalalardan biridir.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba