Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FAOL VA PASSIV TURMUSH TARZINING KEKSALIK DAVRIDAGI BIOLOGIK YOSHGA TA'SIRI

ABI

Annotatsiya

Keksalik davrida qarish jarayonining tezligi va organizmning funksional holati biologik yosh ko‘rsatkichlari orqali baholanadi. Ushbu maqolada faol va passiv turmush tarzining biologik yosh hamda surunkali kasalliklar soniga ta’siri ishlaydigan va ishlamaydigan pensionerlar misolida o‘rganildi. Tadqiqot shahar va qishloq hududlarida yashovchi pensiya yoshidagi shaxslar orasida olib borildi. Ishtirokchilar turmush tarziga ko‘ra faol (ishlaydigan) va passiv (ishlamaydigan) guruhlarga ajratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, faol turmush tarziga ega pensionerlar orasida biologik yosh ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lib, surunkali kasalliklar soni bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqlik aniqlandi (p<0,05). Passiv turmush tarziga ega pensionerlarda esa biologik yosh yuqoriroq bo‘lib, kasalliklar soni bilan aniq qonuniy bog‘liqlik deyarli kuzatilmadi. Olingan natijalar keksalik davrida jismoniy va ijtimoiy faollikni saqlab qolish qarish jarayonini sekinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba