Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INNOVATSION TA'LIM MUHITIDA TALABALARNING BILISH DARAJASINI MUSTAQIL TA'LIM ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada innovatsion ta’lim muhitida talabalarning bilish darajasini mustaqil ta’lim orqali rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim vositalari asosida tashkil etilgan mustaqil ta’limning talabalarning bilish faoliyatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, test, tajriba-sinov, tahlil va statistik metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar innovatsion ta’lim muhiti sharoitida tashkil etilgan mustaqil ta’lim talabalarning tahliliy fikrlashi, muammoni hal etish ko‘nikmalari va o‘quv motivatsiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan metodika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba