Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INNOVATSION MENEJMENT USULLARINI JORIY QILISH

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion menejmentning mazmuni, uning zaruriyati, joriy qilish bosqichlari hamda takomillashtirish yoʻllari tahlil etiladi. Innovatsion boshqaruv texnologiyalarining ta'lim sifati va pedagogik jarayon samaradorligiga ta'siri yoritiladi. Bugungi globallashuv davrida maktabgacha ta'lim tizimi oldida yangi pedagogik yondashuvlar, boshqaruv mexanizmlari va ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy vositalarini qoʻllash talabi kuchaymoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion menejmentni joriy qilish nafaqat ta'lim sifati, balki pedagoglar faoliyat samaradorligini oshirishda ham muhim omil hisoblanadi. Shu bois innovatsion boshqaruv texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Zamonaviy ta'lim jarayoni jadal yangilanayotgan sharoitda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion menejmentning ahamiyati keskin ortmoqda. Innovatsion menejment – bu ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, boshqaruv usullari va raqamli vositalarni integratsiya qilish orqali tashkilot rivojlanishini ta'minlovchi boshqaruv tizimidir. U ta'lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba