Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

JINOYAT PROTSESSIDA ADOLATLI SUD MUHOKAMASIGA BO'LGAN HUQUQNI AMALGA OSHIRISHDA PROKUROR FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Jinoyat protsessida adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementi sifatida jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarning huquq va erkinliklarini himoyasini, sudlanuvchining o‘ziga nisbatan adolatli qaror (hukm, ajrim) qabul qilinishiga bo‘lgan huquqini to‘liq, ishonchli, real vaqt rejimida aktiv va zamonaviy usullarda ta’minlash maqsadida amaliyotdagi mavjud muammolar tahlil qilanadi, sohaga sun’iy intellektni joriy qilish orqali prokurorning muzokara fikridagi xato va kamchiliklarini minimallashtirish, shuningdek, prokurorning muzokara fikri jamlangan elektron axborot bazasini shakllantirish va xizmat davomida foydalanish imkoniyatini yaratish, sudlarga adolatli qaror qabul qilishda ko‘maklashish vazifasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyat sudlarida prokuror vakolatini ta’minlash sohasida yuritiladigan nazorat ishlarining bosqichma-bosqich qog‘oz shaklidan elektron shaklda yuritishga erishish, sudlar bilan hujjat almashish jarayonini soddalashtirish, muzokara fikrini yozma shaklidan elektron shaklga o‘tishi va sudga yuborish imkoniyati, yuqori turuvchi prokurorlarga quyi turuvchi rokurorning muzokara fikrini qonun talablariga muvofiqligini masofadan o‘rganish va baholash, ijobiy va sifatli deb topilgan prokuror muzokara fikrini ommalashtirish, sud muzokara bosqichida yagona prokuror muzokara amaliyotini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar keltiriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba