Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

STEAM YONDASHUVINING MAKTABGACHA TA'LIMDAGI ROʻLI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim jarayonida STEAM yondashuvining oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. STEAM modeli tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika integratsiyasiga asoslanib, bolalarning bilish jarayonini faollashtirishi, ijodkorlik va kritik fikrlashini rivojlantirishi ta'kidlanadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba, kuzatish, konstruksiyalash va dizayn faoliyatlari orqali muammoli vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalari shakllanishi asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu yondashuvning pedagogik afzalliklari, metodik imkoniyatlari hamda ta'lim jarayoniga samarali joriy etish shart-sharoitlari yoritilgan. Maqola natijalariga koʻra, STEAM yondashuvi bolalarning intelektual, ijtimoiy-emotsional va texnologik rivojlanishiga erkin oʻyin va tajribaga asoslangan samarali ta'lim muhitini yaratadi degan xulosa berilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba