Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

JURNALISTIKA VA KOMMUNIKATSIYA YO'NALISHIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNING BANDLIK SALOHIYATI VA KASBIY BARQARORLIGINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK TA'LIMINING O'RNI

ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqola jurnalistika va kommunikatsiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bandlik salohiyati va kasbiy barqarorligini oshirishda tadbirkorlik ta’limining tutgan o‘rnini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Zamonaviy mehnat bozorida kuzatilayotgan beqarorlik, raqamli transformatsiya va media sohasidagi institutsional o‘zgarishlar jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya yo‘nalishi bitiruvchilaridan yangi turdagi kompetensiyalarni talab etmoqda. Ushbu sharoitda tadbirkorlik ta’limi talabalarda tashabbuskorlik, innovatsion fikrlash, mustaqil faoliyat yuritish va moslashuvchan kasbiy strategiyalarni shakllantiruvchi muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada bandlik salohiyati va kasbiy barqarorlik tushunchalari nazariy jihatdan asoslanib, tadbirkorlik ta’limining ularni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi kontekstida olib borilib, mavjud ilmiy adabiyotlar va institutsional tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqariladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba