Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O'ZBEKISTON VA SAUDIYA ARABISTONI: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi diplomatik, iqtisodiy va investitsion hamkorlikning so‘nggi yillardagi dinamikasi atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuritilayotgan ko‘p vektorli tashqi siyosat va uning doirasida "arab vektori"ning faollashuvi, ayniqsa 2017 va 2022-yillardagi oliy darajadagi tashriflarning strategik ahamiyati yoritilgan. Maqolada energetika sohasidagi "ACWA Power" kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan 15 milliard dollarlik yirik loyihalar, "yashil" vodorod ishlab chiqarish va raqamli tibbiyot yo‘nalishidagi innovatsiyalar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, turizm va logistika sohasidagi o‘sish ko‘rsatkichlari, viza tartibining soddalashtirilishi va ziyorat turizmi istiqbollari statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba