Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

LAPAROSKOPIK SIMULYATORLARNING TA'LIM JARAYONIDA QO'LLANILISHI

Davronbek Yu. BatirovUrganch davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi mudiri, dotsentAnvar RaximovUrganch davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi PhD dotsentiAllanazar AllanazarovUrganch davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi PhD dotsentiSiroj NurmatovUrganch davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi assistentiRuslon RojobovUrganch davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi assistentiMaxmudbek BaltayevUrganch davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti Davolash ishi yònalishi 6-kurs talabasi
ABI

Annotatsiya

Laparoskopik xirurgiya zamonaviy minimal invaziv tibbiyotning eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda laparoskopik amaliyotlar umumiy xirurgiyada standart usul sifatida joriy etildi. Laparoskopik operatsiyalar ochiq jarrohlik usullariga nisbatan kam travmatiklik, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromining pastligi, infektsion asoratlar xavfining kamayishi, gospitalizatsiya muddatining qisqarishi va bemorlarning tez reabilitatsiya qilinishi bilan tavsiflanadi. Biroq laparoskopik xirurgiya jarrohdan yuqori darajada maxsus texnik, vizual-motor va kognitiv ko‘nikmalarni talab qiladi. Ikki o‘lchamli monitor orqali ishlash, instrumentlar bilan masofaviy manipulyatsiya qilish, taktil sezgining cheklanganligi va fazoviy orientatsiya qiyinchiliklari klinik amaliyotda xatolar xavfini oshiradi. Shu sababli zamonaviy xirurgik talimda laparoskopik simulyatorlardan foydalanish bemor xavfsizligini taminlash va jarrohlarni klinik amaliyotga bosqichma-bosqich tayyorlashda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu obzor maqolada laparoskopik simulyatorlarning tarixiy rivojlanishi, turlari, talim jarayonida qo‘llanilishi, simulyatsiya asosida tayyorgarlikning klinik xavfsizlik va operatsiya natijalarini yaxshilashga tasiri zamonaviy ilmiy dalillar asosida keng qamrovda tahlil qilinadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada