O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI ORQALI SOG'LIQNI MUHOFAZA QILISH VA KASBIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASINI TA'MINLASH
Annotatsiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI ORQALI SOG‘LIQNI MUHOFAZA QILISH VA KASBIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASINI TA’MINLASH Khudayberganov Olimjon Komiljonovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Jangovar va jismoniy tayorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchi-murabbiy, dotsent E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18722025 Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlar uchun jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati faqat xizmat faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilangina cheklanmasdan, balki kursantlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan ham chambarchas bog‘liqligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy tayyorgarlik, IIV oliy ta’lim muassasalari, kursantlar, sog‘liqni muhofaza qilish, kasbiy kasalliklar.