Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INNOVATSION TA'LIM SHAROITIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY REFLEKSIYA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

M.O.QodirovaOsiyo xalqaro Universiteti MagistrantiO.R.Avezov
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy refleksiya madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Kasbiy refleksiyaning pedagog shaxsini shakllantirishdagi o‘rni, uni rivojlantirishning samarali usullari va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida reflektiv kompetensiyani oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan hamda ularning samaradorligi asoslab berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida pedagoglardan yuqori kasbiy salohiyat, ijodiy yondashuv hamda o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qila olish ko‘nikmalari talab etilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlash jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarning shaxsiy va kasbiy rivoji muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy refleksiya madaniyatini rivojlantirish pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va zamonaviy ta’lim talablariga mos kadrlarni tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba