OʻZBEKISTONDA UZUNMOʻYLOV QOʻNGʻIZLAR (COLEOPTERA: CERAMBYCIDAE) NING TUR XILMA-XILLIGI VA TAKSONOMIK TUZILISHI
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududida tarqalgan uzunmoʻylov qoʻngʻizlar (Coleoptera: Cerambycidae) ning zamonaviy taksonomik tarkibi va tur xilma-xilligi tahlil qilindi. Xalqaro kataloglar, ilmiy adabiyotlar hamda 2011–2023-yillarda olib borilgan dala kuzatuvlari asosida respublika hududida 6 kenja oila, 20 triba, 34 urugʻ va 23 kenja urugʻga mansub jami 86 tur va kenja tur qayd etildi. Kenja oilalar kesimida Lamiinae va Cerambycinae guruhlari ustunlik qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston entomofaunasining taksonomik tuzilishini aniqlashtirish, bioxilma-xillikni baholash hamda dendrofag va ksilofag zararkunanda turlar monitoringini tashkil etishda muhim ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba