Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SOHIBQIRON AMIR TEMUR – DUNYO TARIXIDA CHUQUR IZ QOLDIRGAN SARKARDA VA SIYOSIY YETAKCHI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi, adolat tamoyillari va iqtisodiy-siyosiy faoliyati keng yoritilgan. Unda Sohibqironning “Temur tuzuklari” asosida mamlakatni boshqarish tizimi, adolat va haqiqatni bosh g‘oya sifatida ilgari surgani, markazlashgan davlat barpo etgani ta’kidlanadi. Shuningdek, uning dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirishga qaratilgan oqilona iqtisodiy siyosati, soliqlarda rag‘batlantirish usullaridan foydalangani, ichki va tashqi savdoni kengaytirgani misollar bilan ochib beriladi. Maqolada Amir Temurning kadrlar tanlashdagi talabchanligi, qonun ustuvorligini ta’minlashdagi qat’iyligi, zolim amaldorlarga nisbatan keskin choralar ko‘rgani tarixiy manbalar asosida bayon etiladi. Xorijiy tarixchilar va adiblarning fikrlari orqali uning jahon miqyosidagi nufuzi va e’tirofi ko‘rsatib berilgan. Umuman, maqola Amir Temur merosini qayta o‘rganish, uning adolatparvar boshqaruv tajribasini chuqur tahlil qilish va yoshlar ongida milliy g‘urur hamda tarixiy xotirani shakllantirish zarurligini asoslab beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba