Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BERBERIDACEAE JUSS OILASI VAKILLARINING OMONQO'TON TOG'LARI HUDUDIDA TARQALISHI VA EKOLOGIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Namozova Z.BDots.SamDU o'qituvchisiErkaboyeva Shaxnoza Rashid qiziSamdu Magistranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Berberidaceae Juss. oilasi vakillarining Omonqoʻton togʻlari hududida tarqalishi, taksonomik tarkibi hamda ayrim biologik va ekologik xususiyatlari oʻrganildi. Tadqiqot adabiy manbalar, mavjud floristik ma'lumotlar hamda gerbariy materiallari asosida amalga oshirildi. Hududda uchraydigan turlar aniqlanib, ularning areal xususiyatlari, balandlik mintaqalariga moslashuvi va fitotsenozlardagi oʻrni tahlil qilindi. Shuningdek, turlarning tarqalishiga ta'sir etuvchi ekologik omillar ham qisqacha baholandi. Olingan natijalar Omonqoʻton togʻlari florasidagi mazkur oila vakillari bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni to‘ldirish va hududiy botanika tadqiqotlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba