Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PARHEZBOP MAHSULOTLAR TURLARI VA ULARNING INSON SALOMATLIGIDAGI O'RNI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada parhezbop mahsulotlarning tasnifi, ularning biologik va kimyoviy tarkibi hamda inson salomatligiga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda funksional oziq-ovqatlar, nutrasevtik mahsulotlar, probiotik va prebiotik tarkibli mahsulotlar, shuningdek, energiya qiymati va makroelementlar miqdori modifikatsiya qilingan dietik mahsulotlarning ilmiy asoslangan klassifikatsiyasi o‘rganilgan. Parhezbop mahsulotlarning metabolizm jarayonlariga ta’siri, glyukozaning o‘zlashtirilishi, lipid almashinuvi, ichak mikrobiotasining holati hamda immun tizim faoliyatini tartibga solishdagi roli zamonaviy nutrisiologiya va dietologiya nuqtai nazaridan baholangan. Tadqiqot natijalari parhezbop oziq-ovqat mahsulotlarining metabolik sindrom, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali noinfeksion kasalliklarning profilaktikasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy oziq-ovqat texnologiyalari yordamida biologik faol komponentlar bilan boyitilgan mahsulotlar ishlab chiqarish istiqbollari ham yoritilgan. Olingan natijalar sog‘lom ovqatlanish tizimini shakllantirish, dietik ratsionlarni optimallashtirish hamda aholi salomatligini mustahkamlashda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba